O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING MAMLAKATIMIZNI 2015-YILDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH YAKUNLARI VA 2016-YILGA MO‘LJALLANGAN IQTISODIY DASTURNING ENG MUHIM USTUVOR YO‘NALISHLARIGA BAG‘ISHLANGAN VAZIRLAR MAHKAMASINING KENGAYTIRILGAN MAJLISIDAGI MA’RUZASI                                                    16.01.2016

16_01_2016.jpg

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga kiritilgan asosiy masala – O‘zbekistonning o‘tgan 2015-yildagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlarini muhokama qilish va 2016-yil uchun taraqqiyot yo‘limizning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olishdan iborat.

O‘tgan 2015-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.

Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli Dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu Dastur mohiyat e’tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

Next »

2016 yil «Sog’lom ona va sog’lom bola yili»

O’zbekiston Konstitutsiyasi – mustaqil davlatimizning asosiy qonuni sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, demokratik islohotlar va yangilanishlarga mustahkam huquqiy  poydevor sifatida  xizmat qilmoqda.

images (5)

Mamlakatimizning mustaqillik yillarida barcha sohalarda erishgan  yutuqlari, xususan, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash,  fuqarolik jamiyatini shakllantirish  sohasidagi yutuqlar Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qo’lga kiritildi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda Konstitutsiyamiz  davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan qomusnomadir. Uning barcha moddalari dunyoda umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boshqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni bilan  yo’g’rilgan.

Asosiy qomusimiz qabul qilingan sanani  nishonlash mamlakatimizda an’ana tusini olgan. Shu munosabat “O’zbekiston”  anjumanlar saroyida  tantanali tadbir bo’lib o’tdi.  Unda davlatimiz rahbari Islom Karimov Ishtirok etdi.

Prezident Karimov  o’zbek xalqini  Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 23 yilligi bilan  qutlab, Konstitutsiyaning hayotimizda tutgan o’rniga  alohida  e’tibor qaratdi.  O’zbekiston  tarixan  qisqa davr  ichida  zamonaviy suveren  davlatga aylandi.   Inson huquq va  erkinliklari  ustuvor bo’lgan  huquqiy demokratik davlatni barpo etish, mamlakatni modernizatsiyalashga O’zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy asos yaratdi.   Rivojlanishning jahonda “o’zbek modeli” deya  tan olingan  modelning   asosini  ham bosh qomusimiz tashkil qiladi, deya e’tirof etdi yurtboshimiz.

Bugun  jahonda  global  moliyaviy inqiroz davom etayotgan, xalqaro bozorlarda  xom ashyo narhlar pasayib borayotgan bir sharoitda O’zbekiston iqtisodiyotning   izchil o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Makroiqtisodiy ko’ratkichlar barqaror bo’lib,  mamlakatimizning oltin-valyuta zahiralari o’sib bormoqda.  Birgina bu yil   O’zbekistonga  16 mlrd. dollar miqdoridagi  investitsiyalar  jalb qilindi.  Ular hisobidan shahar va qishloqlarimiz obod bo’lmoqda.  Sanoatda tarkibiy o’zlarishlar amalga oshirilib, yangi  korxonalar  barpo  etilmoqda.  Iqtisodiyotning raqobatdoshligi  ta’minlanyapti. Buning natijasida keyingi 5 yil davomida respublikamizda  5 mln.dan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Eng asosiysi  keyingi yillarda insonlarning  ongi va tafakkuri o’zgarib, ularda dahldorlik hissi, fuqarorlik pozitsiyasi mustahkamlanmoqda.  Davlatimiz  rahbari  bu jarayonlarda yoshlarning ishtirokiga  ham alohida to’xtalib o’tdi.

Albatta, erishilgan yutuqlar bilan  cheklanmasdan ertangi kun  haqida o’ylash,  jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunlarga joylarda so’zsiz rioya etilishi, bu borada  parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jamiyatda adolatni  qaror toptirish, sud-huquq islohatlarini kuchaytirish yuzasidan oldimizda turgan vazifalar birma-bir sanab o’tildi.

Prezident  Karimov  o’z nutqida  tugallanayotgan “ Keksalarni  e’zozlash yili” da amalga oshirilgan ishlarni ham sarhisob qildi. Ta’kidlandiki, davlat dasturi doirasida  keksalarga alohida hurmat,e’tibor  ko’rsatildi. Xususan,  ularni moddiy qo’llab quvvatlash maqsadida shu yilniong o’zida   2 mln. 750 ming  keksa yoshdagilar  otaxon va onaxonlar  pensiyasi 20 foizdan ziyodga  oshirilib, ularga 12 trln. 88 mlrd so’m miqdorida pensiya to’landi.  10 mingdan ortiq  fuqaroning u’y- joylari ta’mirlanib,  215 ming  keksa yoshdagi nuroniylar  chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.  50 mingdan ziyod   urush va mehnat   faxriylari uchun  sanatoriylarga bepul yo’llanmalar ajratildi.  Buning uchun  2 trln. 245 mlrd. so’m va  225 mln. dollar sarflandi.  Bu  “Keksalarni e’zozlash yili”da amalga oshirilgan ezgu ishlarning ko’lami va miqyosini ko’rsatadi, deydi Islom Karimov.

Tugallanayotgan yil sarhisobi bilan  kelgusi yil nomini  e’lon qilish  yurtimizda  yaxshi an’nanaga aylanib qolgan. Unga sodiq qolgan holda  davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yil “Sog’lom ona va sog’lom bola yili” deb e’lon qilindi.

Kelgusi yil nomi e’lon qilinib, bu boradagi  asosiy vazifalar  belgilab olingandan so’ng, O’zbekiston Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan  san’at ustalari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Март 2024
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Фев    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031